Bugun 8 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Futbol o‘yinlari endi muxlislar uchun qulay vaqtlarda o‘tkaziladi

Futbol o‘yinlari endi muxlislar uchun qulay vaqtlarda o‘tkaziladi

Prezident huzuridagi majlisda milliy chempionat o‘yinlari ish vaqtida o‘tkazilayotgani sabab muxlislar tashrifi kam bo‘layotgani qayd etildi.

Shu bois, endilikda o‘yinlar dam olish kunlari yoki ish kunlari kechki soat 19:00 dan keyin belgilanishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari:
— stadionlar atrofida ko‘ngilochar va musiqiy tadbirlar tashkil etiladi;
— muxlislar uchun qulay transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladi;
— raqib jamoa muxlislari uchun arzon turpaketlar taklif qilinadi.

Bu orqali klublar daromadi oshishi, muxlislar uchun mazmunli hordiq yaratilishi va tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Kiritildi: 21:34 07.04.2026. O'qildi: 442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!