Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Shimoliy Hind okeanida USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berganini e’lon qildi.
Bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bayonotga ko‘ra, 91-zarbalar to‘lqini, “Haqiqiy va’da 4” doirasida Eron kuchlari BAAdagi amerikalik qiruvchi uchuvchilar va uchuvchi muhandislarning joylashuv joyiga, Quvaytdagi Ali al-Salem aviabazasidagi MQ-1 Predator dron pozisiyalariga hujum qildi va AQSh aviatashuvchi guruhiga to‘rtta Qadr-380 kruiz raketalarini otdi.
Eron davlat teleradiokompaniyasi IIQK bayonotidan parcha keltirdi, unda “Shimoliy Hind okeanidagi Amerika tajovuzkorlarining USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga to‘rtta Qadr-380 kruiz raketalari bilan hujum qilingani” aytilgan.
IIQK shuningdek, operasiyaning keyingi bosqichlarida "BAAdagi dushman bazalaridan birining tashqarisidagi Amerika qiruvchi samolyotlarining uchuvchi muhandislari va uchuvchilari uchun maxfiy yig‘ilish joyiga", shuningdek, Quvaytdagi "Ali as-Salem bazasidagi Amerika MQ-1 Predator dronlari bo‘linmalariga" zarbalar berilganini ta’kidladi.