Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Fransiyaning L’Équipe sport nashri Angliya Premyer-ligasidagi eng yuqori maosh oluvchi 5 nafar futbolchidan iborat reytingni e’lon qildi. Ularning topayotgan daromadiga boshqa liga vakillari havas qilsa arziydi.

Ushbu ro‘yxatni “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland boshqarmoqda. Norvegiyalik to‘purarning oylik maoshi 2,63 million yevroni tashkil qiladi.

APLda oylik eng yuqori maosh oluvchi TOP-5 futbolchilar ro‘yxati quyidagicha:

  1. Erling Xoland (“Manchester Siti”) — 2,63 million yevro.
  2. Muhammad Saloh (“Liverpul”) — 2 million yevro.
  3. Kazemiro (“Manchester Yunayted”) — 1,75 million yevro.
  4. Virjil van Deyk (“Liverpul”) — 1,75 million yevro.
  5. Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”) va Bukayo Saka (“Arsenal”) — 1,5 million yevrodan.

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlarini Angliya Premyer-ligasida o‘ynayotgan hamyurtimiz Abduqodir Husanovning maoshi qiziqtirishi tabiiy. 22 yoshli futbolchimiz, tabiiyki, Premyer-liga yulduzlari darajasida daromad topmaydi va katta maosh oluvchi o‘yinchilar reytingida ko‘rinmaydi.

Biroq shuni ta’kidlash joizki, Capology portali avvalroq Husanovning “Manchester Siti”dagi maoshi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilgan edi. Futbolchi Angliyada yiliga 3,8 million yevro ishlaydi.

“Manchester Siti” bilan 2029 yilning 30 iyunigacha imzolangan shartnoma davomida Abduqodir jami 15,2 million yevro ishlab topadi. Bu summa klub o‘zbek futbolchisi bilan kelishuvni yangilaganda o‘zgarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov o‘zining birinchi professional klubi – Belarusning “Energetik-BGU” jamoasida o‘ynagan davrida va keyinchalik Fransiyaning “Lans” klubiga ko‘chib o‘tganidan keyin ham bundan ancha past miqdordagi maoshga o‘ynagan.

Angliya Premyer-ligasi klublari jahon futbolida o‘yinchilarga eng ko‘p maosh berishi bilan ajralib turadi.

Kiritildi: 23:47 03.04.2026. O'qildi: 438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!