Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Mujtabo Xominaiy hushsiz holatda va Eronni boshqara olmaydi

Mujtabo Xominaiy hushsiz holatda va Eronni boshqara olmaydi

Bu haqda The Times xabar bermoqda.

Britaniyaning The Times nashri AQSh va Isroil razvedka xizmatlari ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Eronning amaldagi oliy rahbari Mujtabo Xominaiy ayni damda hushsiz holatda bo‘lib, mustaqil qaror qabul qilish layoqatini yo‘qotgan. Razvedka hujjatlarida Eron yetakchisining davlatni boshqarishga qodir emasligi alohida qayd etilgan.

Nashrning yozishicha, bu AQSh va Isroil harbiy operasiyasi boshlangandan beri Xominaiyning qayerda ekanligi haqidagi birinchi ochiqlangan ma’lumotdir.

Taxminlarga ko‘ra, u 28 fevral kungi ilk zarbalar oqibatida og‘ir yaralangan va o‘shandan beri omma oldida ko‘rinish bermagan. Hozircha Eron rasmiy doiralari ushbu ma’lumotni tasdiqlamagan yoki inkor etmagan, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 16:01. O'qildi: 1223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!