AQSh Markaziy qo‘mondonligi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Amerikaning USS Tripoli (LHA-7) amfibiya hujum kemasiga hujum qilgani haqidagi da’vosini rad etdi.
Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligining ijtimoiy tarmoq sahifasi e’lon qilingan bayonotida aytilgan.
"Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi USS Tripoli (LHA-7) qo‘nish kemasiga raketalar bilan hujum qilganini va uni mintaqadan janubiy Hind okeaniga chiqib ketishga majbur qilganini da’vo qilmoqda. Fakt: USS Tripoli hujumga uchramagan va Arab dengizida "Epik g‘azab" operasiyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida faoliyat yuritishda davom etmoqda", deyiladi bayonotda.
Avvalroq Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi matbuot xizmati Eron kuchlari USS Tripoli (LHA-7) kemasiga zarba berib, uni Fors ko‘rfazining janubiy suvlariga chekinishga majbur qilganini ma’lum qilgan edi. IIQK shuningdek, Isroil bilan bog‘liq SDN7 konteyner kemasiga ham zarbalar berilganini da’vo qilgan, uning urib tushirilgani haqida ilgari Fars axborot agentligi xabar bergan edi.