Ulardan biri vafot etdi, deb yozmoqda OAV.
"Krokus Siti Xoll"dagi terrorchilik ishi bo‘yicha umrbod ozodlikdan mahrum etilgan ikki shaxs qamoqxonada o‘z joniga qasd qilishga uringani haqida xabarlar tarqaldi.
Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, terrorni moliyalashtirishda ayblangan 37 yoshli Yokubjoni Yusufzoda "Matrosskaya Tishina" tergov izolyatorida vafot etgan. Uni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan.
Shuningdek, terrorchilarga qurol-yarog‘ va o‘q-dori yetkazib berishda aybdor deb topilgan Jabroil Aushev "Krasnaya Presnya" o‘tish qamoqxonasida o‘z joniga qasd qilishga uringan.
Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Aushev qutqarib qolingan. Biroq Rossiya Federal jazoni ijro etish xizmati uning o‘z joniga qasd qilishga uringani haqidagi ma’lumotni rad etmoqda.