Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Futbol assosiasiyalari xalqaro federasiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi:

Futbol assosiasiyalari xalqaro federasiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi:

“Janobi Oliylari,
Hurmatli Prezident!

Kecha O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi bo‘lib JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.

Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun O‘zbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz.

Bunday ajoyib yutuq ushbu muvaffaqiyatga aloqador bo‘lgan barchaning birgalikdagi sa’y-harakatlari va qat’iy irodasi tufayli amalga oshdi. Sizga, hukumatingizga, O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga, futbolchilarga, murabbiyga, barcha xodim va rahbarlarga, shuningdek, albatta, qalbi qaynoq muxlislarga samimiy tabriklarimni yo‘llayman.

Muhtaram Prezident, Sizga 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatida muvaffaqiyatlar tilayman hamda Siz, Janobi Oliylari bilan yana bir bor uchrashish imkoniyatini intiqlik bilan kutaman".

Kiritildi: 17:50 06.06.2025. O'qildi: 441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!