Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Fuqaroning erkin harakatlanish huquqi tiklandi

Fuqaroning erkin harakatlanish huquqi tiklandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Samarqand viloyati Ishtixon tumanida yashovchi fuqaro O.YU. tomonidan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro 2019 yildan boshlab farzandlari ta’minoti uchun aliment to‘lab kelgan, 2025 yil 5 fevralda kichik farzandi 18 yoshga to‘lgani bois aliment to‘lash majburiyati to‘xtagan. Barcha qarzlar to‘liq qoplangan bo‘lishiga qaramasdan, Majburiy ijro byurosining Ishtixon tuman bo‘limi tomonidan unga nisbatan qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqishga qo‘yilgan vaqtincha taqiq bekor qilinmagan. Fuqaro ushbu taqiqni olib tashlash maqsadida bir necha marotaba murojaat qilgan bo‘lishiga qaramay, natija bo‘lmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 32-moddasiga muvofiq, Har kim O‘zbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistonga to‘sqinliksiz qaytish huquqiga ega.

Kiritildi: 13:06 15.07.2025. O'qildi: 631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!