Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Qonun (O‘RQ-1067-son, 09.06.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kirtildi.

Qonun bilan Jinoyat-prosessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi belgilandi.

Shuningdek, shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi ko‘zda tutildi.

“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, sudyalarning muayyan ishlar bo‘yicha hisobdor bo‘lmasligi belgilandi.

Shuningdek, sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga yoki uning vakolatlarini to‘xtatib turishga, boshqa lavozimga o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yilishi ko‘rsatildi.

📌 Mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kiritildi: 09:42 10.06.2025. O'qildi: 471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!