Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Fuqarolarni roziligisiz tasvirga olish taqiqlanadi

Fuqarolarni roziligisiz tasvirga olish taqiqlanadi

Oliy Majlis deputatlari fuqarolarning tasvirga bo‘lgan huquqini muhofaza qilishga qaratilgan qonunni qabul qildi.

Qonunga ko‘ra, shaxsni suratga olish yoki uning tasviridan foydalanish uchun uning roziligi shart. Bunda:
🔹 16 yoshga to‘lmagan bolalar holatida rozilik ularning ota-onasi yoki vasiysi tomonidan berilishi lozim;
🔹 Videokamera o‘rnatish mumkin bo‘lmagan joylar ham aniq belgilandi — masalan, kiyim almashtirish xonalari va hojatxonalarda;
🔹 Jamoat joylarida videokuzatuv o‘rnatilganda, bu haqda ko‘rinib turadigan ogohlantiruv belgisi bo‘lishi kerak.

📘 Deputatlar ta’kidlashicha, qonun fuqarolarning shaxsiy hayot daxlsizligini mustahkamlashga va tasvir huquqini himoya qilishga qaratilgan.

Hujjat qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Kiritildi: 16:15 08.10.2025. O'qildi: 1135 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!