Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahar sudi raisining 2022 yil fevral-aprel oylarida sayyor qabullar o‘tkazish haqidagi tasdiqlangan ish rejasiga ko‘ra, sayyor qabullar o‘tkazish davom etyapti. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar qildi...
Toshkent shahar Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan galdagi sayyor qabulda Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Shuxrat Abbasov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi raisi Bexzod Sagatov, tuman sudi rais o‘rinbosari Anvar Hamidov huquqiy ko‘makka muhtoj murojaatchilarning muammolarini o‘rganishdi. Sayyor qabulda jami 27 nafar fuqarolar qabul qilindi.
Qabul qilingan murojaatlarning 1 tasi jinoyat ishlari bo‘yicha, 17 tasi fuqarolik ishlar bo‘yicha, 1 tasi ma’muriy ishlarga oid murojaatlarni tashkil etdi.
8 nafar fuqaro esa huquqiy maslahat so‘rab, sudyalarga murojaat qildi.
Sayyor qabulga tashrif buyurganlardan 25 ta fuqaroning og‘zaki murojaati, 2 ta fuqaroning yozma murojaatlari qabul qilindi va barchasiga huquqiy tushuntirishlar berildi.