Fuqarolar “jismoniy shaxslardan shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash” bo‘yicha onlayn ariza berishlari mumkin.
Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ma’lum qildi.
🟣Buning uchun, YAIDXP dan ro‘yxatdan o‘tib so‘rovnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni xato va kamchiliklarsiz to‘ldirilganligi tekshiriladi va bank karta rekvizitlari ko‘rsatiladi.
🟣So‘rovnomani ko‘rib chiqqanlik uchun hech qanday to‘lov undirilmaydi.
🟣So‘rovnomaga asosan vakolatli organ so‘rovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kunida ariza beruvchiga daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilgan yoki qo‘llanilmaganligi haqida QR-kod qo‘yilgan xabarnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizachining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
🟣Daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik qo‘mitasi 15 kun ichida to‘lovlarni amalga oshiradi.