Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Fuqarolar 7 200 dollarni noqonuniy ravishda so‘mga ayirboshlayotganda qo‘lga olindi

Fuqarolar 7 200 dollarni noqonuniy ravishda so‘mga ayirboshlayotganda qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shumanoy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.X. fuqaro D.B.dan 4 000 AQSh dollarini 38 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Olmaliq shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.I. fuqaro Q.SH.ga 3 200 AQSh dollarini 41,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:26 26.05.2025. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!