Tirik ilonlarni bojxona posti orqali olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh etildi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi.
Keltirilishicha, qo‘shni davlatga chiqish maqsadida Navoiy chegara bojxona postiga piyoda kirib kelgan fuqaro yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, og‘zaki so‘rovda deklarasiyalanmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 15 dona kolvar turiga mansub tirik ilonlar aniqlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ilonlar Qizil kitobga kiritilgan bo‘lib, tabiiy populyasiyani saqlash maqsadida himoya qilinadi.
Hozirda ushbu tirik ilonlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan bo‘lib, mutaxassislar ularning sog‘liq holatini barqaror deb baholashmoqda. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Amaldagi tartiblarga binoan, yovvoyi hayvonlarni O‘zbekistonga olib kirish ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari beradigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. O‘zbekistonga g‘ayriqonuniy ravishda olib kirishga urinish chog‘ida ushlab qolingan yovvoyi hayvonlar esa belgilangan tartibda olib qo‘yiladi.