Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkent viloyatida eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi

Toshkent viloyatida eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi


Toshkent viloyati Parkent tumanida eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi.

Ma’lum qilinishicha, Nurafshon shahrida fuqaro o‘ndan ortiq eshakni so‘yib, sotib kelgan. Holat yuzasidan sud majlisi o‘tkazilib, aybdorlarga chora ko‘rildi.

Sud hujjatiga ko‘ra, ayblanuvchilardan biri Nurafshon shahrida so‘yilgan hayvonlarning go‘shtini pishirish uchun sotish maqsadida olib ketayotgan vaqtida ushlangan. U Toshkent shahrida yashovchi fuqaroga 200 kg eshak go‘shtini kilogrammini 20 ming so‘mdan sotmoqchi bo‘lgan.

Toshkent shahridagi fuqaro esa 193 kg eshak go‘shtini 3,8 million so‘mga sotib olayotgan vaqtida ushlandi. Uning uyidan kelib chiqishi noma’lum qo‘shimcha 60 kg go‘sht topilgan. U Parkent tumanida joylashgan tez ovqatlanish shoxobchasida somsa tayyorlash uchun ushbu go‘shtdan foydalangan.

Holat bo‘yicha uch nafar sudlanuvchiga hukm o‘qildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron tuman sudining hukmi bilan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topildi va ularning 2 nafariga 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 3-sudlanuvchi esa 3 yil 8 oy 15 kunga ozodlikdan cheklandi.

Kiritildi: Bugun 11:05. O'qildi: 901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!