Bugun 1 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Fuqaro haydovchilik huquqidan ayirilgandi. Endi mashinasi...

Fuqaro haydovchilik huquqidan ayirilgandi. Endi mashinasi...

Fuqaro M.A. o‘zining «Lacetti» rusumli avtotransportida spirtli ichimlik ta’sirida boshqargani uchun sudning tegishli qarori bilan 1 yilu 6 oy muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilingan va 8,5 mln so‘m jarimaga tortilgan.

Biroq qarzdor jarimani to‘lash o‘rniga, o‘zining «Lacetti»sini qasddan yashirib qo‘ygan va shu bois ham MIBning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan mazkur avtomobil qidiruvga berilgan.

Ijro harakatlarida mazkur avtomobil qarzdorning tanishiga tegishli dala hovlisidan topilib, jarima maydonchasiga joylashtirildi. Bunga qo‘shimcha ravishda, qarzdorning davlat boji bo‘yicha yana 5 mln so‘m qarzi borligi ham aniqlangan.

«Agar qarzdorliklar qoplanmasa, avtomobil sotilib, tushgan mablag‘lar hisobidan qarzlar to‘liq undiriladi», – deydi MIB rasmiysi.

Eng qizig‘i, fuqaroning sud ajrimi bilan belgilangan avtomobilni boshqarish huquqiga qo‘yilgan cheklov muddati yakuniga yetayotgan bir paytda u «Lasetti»sidan ayirilib qolishi mumkin...

Kiritildi: Bugun 13:36. O'qildi: 293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!