"Ukrainada o‘t ochish to‘xtatilsa, bu Boltiqbo‘yi davlatlari xavfsizligiga tahdidni keskin oshirishi mumkin. Chunki Rossiya o‘z harbiy kuchlarini qayta qurollantirish va NATO shimoli-sharqiy qanotiga joylashtirishni davom ettiradi", deb yozadi Financial Times Boltiqbo‘yi davlatlari mudofaa vazirlarining bayonotlariga tayanib.
"Barchamiz tushunamizki, agar Ukrainadagi urush to‘xtatilsa, Rossiya o‘z kuchlarini juda tez qayta Bu, shuningdek, tahdid darajasi sezilarli va juda tez o‘sishini anglatadi", — deya fikr bildirdi Estoniya mudofaa vaziri Hanno Pevkur nashrga bergan intervyusida.
Litva mudofaa vaziri Dovile Shakalene ham o‘xshash fikr bildirgan.
"Keling, o‘zimizni aldamaylik. Rossiya Ukrainadan keyin to‘xtaydi deb o‘ylash xato bo‘ladi. Rossiya o‘t ochish to‘xtatilganidan keyin vaqtni o‘z harbiy qudratini oshirish uchun ishlatadi. Ularda allaqachon katta, jang maydonida tajriba orttirgan armiyasi bor va u yanada", — dedi Shakalene.