Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Ukraina tomonida jang qilganlikda gumonlanayotgan Shvesiya fuqarosi Freddi Lingolm qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
FSB ma’lumotlariga ko‘ra, u Ukraina Qurolli kuchlari safida dronlar bo‘linmasi komandiri sifatida janglarda ishtirok etgan. Erkak Pskov viloyatida Rossiya davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish vaqtida qo‘lga olingan.
FSB xodimlarining ta’kidlashicha, ularda ushbu shaxsning «mamlakatimizga qarshi Ukraina Qurolli kuchlari tarkibida janglarda ishtirok etganini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud».
Hozirda unga nisbatan «terrorchilik tashkiloti faoliyatini tashkil etish» hamda mojaroda «yollanma jangchi» sifatida ishtirok etish gumonlari bo‘yicha tergov olib borilmoqda.
«Rossiya Qurolli kuchlari safiga qo‘shilish bahonasida u harbiy ob’ektlarga qarshi qo‘poruvchilik va terrorchilik harakatlarini amalga oshirish maqsadida Rossiya Federasiyasiga kelgan», — deya ma’lum qildi FSB.