Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Fridrix Mers Ukrainaga Yevropa Ittifoqining assosiasiyalashgan a’zosi maqomini berishni taklif qildi

Fridrix Mers Ukrainaga Yevropa Ittifoqining assosiasiyalashgan a’zosi maqomini berishni taklif qildi

Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga assosiasiyalashgan a’zo bo‘lishini talab qilmoqda va blokni ushbu masalani ko‘rib chiqishga chaqirmoqda. Bu haqda «Bloomberg» agentligi xabar bermoqda.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, Mers YEI institutlari rahbarlariga yo‘llagan maktubida bu qadam Ukrainaga to‘laqonli a’zolikni qo‘lga kiritmasdan turib ham blokka integrasiyalashish imkonini berishini ta’kidlagan. Bunday holatda Kiyev rejimi ovoz berish huquqisiz YEI yig‘ilishlarida ishtirok etishi, Yevropa sudiga assosiasiyalashgan sudya hamda Yevroparlamentga o‘z vakillarini tayinlashi mumkin bo‘ladi.

Ushbu tashabbus Chernogoriyada bo‘lib o‘tadigan YEI va G‘arbiy Balkan davlatlari sammiti oldidan ilgari surildi.

Mers, shuningdek, «cheklangan a’zolik» haqidagi takliflarni rad etdi va Ukrainaning YEIga a’zo bo‘lish jarayoni baribir davom etishini alohida ta’kidladi.

Aniqlik kiritilishicha, kansler bu masalani o‘tgan sammitda Vladimir Zelenskiy bilan allaqachon muhokama qilgan.

Kiritildi: Bugun 13:36. O'qildi: 179 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!