Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Frederik Difental Toshkentga kelishi kutilmoqda

Frederik Difental Toshkentga kelishi kutilmoqda

«Taksi» filmidagi Emilen obrazi bilan mashhur bo‘lgan Frederik Difental «Ipak yo‘li durdonasi» XV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi.

XV Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yilning 29 sentyabr – 2 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Unda Yevropa ittifoqi davlatlari film festivali, shu bilan birga, Turkiy davlatlar va MDH davlatlari kinoforumi ham bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, kinofestival dasturidan «O‘zbek dublyaji 85 yoshda», «Kino 5 kunda» tanlovi, o‘zbek kinosining 115 yilligiga bag‘ishlangan milliy tadbirlar, Italiya filmlarida kiyilgan kastyumlar ko‘rgazmasi, kinoteatrlarda xorij kino kunlari, seminar-treninglar, mahorat darslari, taniqli kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar, retrospektiv kinonamoyishlar o‘rin olgan.

Kiritildi: 06:08 16.09.2023. O'qildi: 1444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!