Bugun 13 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Fransiyaning Eutelsat kompaniyasi Ukraina uchun Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasi o‘rnini to‘liq bosa olmaydi – Politico

A A A
Fransiyaning Eutelsat kompaniyasi Ukraina uchun Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasi o‘rnini to‘liq bosa olmaydi – Politico

"Agar biz Ukrainadagi barcha aloqa kanallari va uning barcha fuqarolari uchun javobgarlikni o‘z zimmamizga olishimiz kerak bo‘lganida, buni qila olmasdik. Ochig‘ini aytsam, biz faqat ba’zi muhim davlat xizmatlari uchun aloqani ta’minlay olamiz", – deya izoh berdi kompaniya rahbari Yeva Berneke.

Uning fikricha, Ukraina uchun "bir nechta variantlarga ega bo‘lish" yaxshiroq, Starlink bilan ishlash esa "Oq uyda yoki Mar-a-Lagoda (Trampning shaxsiy qarorgohi) hal qilinishi mumkin bo‘lgan qaramlikdir".

Eslatib o‘tamiz, Germaniya bir yildan beri Ukrainaning Eutelsat sun’iy yuldosh aloqasidan foydalanishini moliyalashtirmoqda. Avvalroq matbuotda Zelenskiy va Tramp o‘rtasidagi keskin munosabatlar tufayli Ukraina uchun Starlink o‘chirilishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan edi.

Kiritildi: 20:26 07.04.2025. O'qildi: 866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!