Fransiyaning 34 provinsiyasida suv toshqinlari va dovullar sababli ogohlantirish darajasi to‘q sariq rangga ko‘tarildi, deb yozadi Anadolu.
Fransiya meteorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, seshanba kuni 19 provinsiyada sodir bo‘lgan yomon ob-havo mamlakatning ko‘plab hududlarida yaqin kunlarda ham saqlanib qoladi.
Suv toshqinlari va dovullar xavfi tufayli “to‘q sariq ogohlantirish” darajasi e’lon qilingan provinsiyalar soni 34 taga, “sariq xavf” darajasi e’lon qilingan provinsiyalar soni esa 47 taga yetdi.
Mamlakat janubida, Pireney mintaqasi g‘arbida, Parij hududida va Pas-de-La-Luar provinsiyasida shamol tezligi soatiga 150 kilometrga yetishi, kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.