"Al-Ittihod" markaziy yarim himoyachisi Ngolo Kante katta ehtimol bilan yozda jamoani tark etadi. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni jamoasi rahbariyati ushbu transfer oynasida fransuzga boshqa klubga o‘tishga ruxsat bergan. Kante agentlari yarim himoyachiga yangi jamoa qidirmoqda.
Futbolchining xizmatlari allaqachon "Monako" va "PSJ", shuningdek, Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" klublariga taklif qilingan.
O‘tgan mavsumda 34 yoshli yarim himoyachi "Al-Ittihod" safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, Kantening narxi - 5 mln yevro.