Bu haqda mamlakat bosh vaziri Sebastyan Lekornyuga tayanib BBC xabar berdi.
MV Hondius kruiz kemasi 10 may kuni Ispaniyaning Tenerife oroliga kelib to‘xtagan, bortdagi yo‘lovchilar tekshirilgach, vataniga qaytishi uchun aeroportga olib ketilgan. Parijga uchayotgan reys vaqtida Fransiya fuqarosida simptomlar qayd etilgan. Shu sababli MV Hondius kemasidan evakuasiya qilingan besh kishining barchasi “zudlik bilan qat’iy izolyasiyaga olingan”.
Fransiya fuqarolari 10 may kuni kruiz kemasidan vataniga olib ketilgan 90 nafardan ortiq sayyoh orasida bo‘lgan. Kemadagi uch yo‘lovchi hantavirus sabab vafot etgan edi, ulardan ikki nafarida virus borligi tasdiqlangan.
Fransiya fuqarolari bo‘lgan reys Le Burje aeroportiga qo‘ngach, ularni uchish-qo‘nish yo‘lagida shaxsiy himoya vositalarini kiygan rasmiylar kutib olgan. Shundan so‘ng tez yordam mashinalari ularni Parijdagi Bisha shifoxonasiga olib ketgan. Fransuzlar u yerda 72 soatlik karantinda saqlanadi va to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shundan keyin ular 45 kun davomida uy sharoitida izolyasiyada bo‘ladi.