Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

«El-klasiko» oldidan Xansi Flikning otasi vafot etdi

«El-klasiko» oldidan Xansi Flikning otasi vafot etdi

«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flikning oilasida og‘ir judolik yuz berdi. AS nashrining xabar berishicha, mutaxassisning otasi yakshanba, 10 may kuni ertalab olamdan o‘tgan.

Oiladagi fojiaga qaramay, germaniyalik murabbiy Ispaniya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan «Real»ga qarshi bahsni o‘tkazib yubormoqchi emas. Kutilishicha, o‘yin boshlanishidan avval marhum xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqlanadi, kataloniyaliklar futbolchilari esa maydonga motam bog‘ichlari bilan tushishadi.

Eslatib o‘tamiz, «El-Klasiko» bugun «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Ayni damda «Barselona» 88 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 77 ochkoga ega «Real» esa ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: Bugun 19:16. O'qildi: 362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!