Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Fransiyadagi tartibsizliklar: beshinchi kunda 486 kishi hibsga olindi

A A A
Fransiyadagi tartibsizliklar: beshinchi kunda 486 kishi hibsga olindi

Fransiyada davom etayotgan tartibsizliklarning beshinchi kunida 486 kishi hibsga olindi. Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmaninning fikricha, “xavfsizlik kuchlarining qat’iy harakatlari tufayli” tun tinchroq o‘tdi.

Hibsga olinganlar haqidagi ma’lumotlar mahalliy vaqt bilan soat 3:00 da berilgan. Soat 1:30 holatiga ko‘ra, 300 dan ortiq odam hibsga olingan. Ichki ishlar vazirligi tartibsizliklar munosabati bilan 45 mingga yaqin polisiyachini jalb qilgan.

Fransiyada norozilik namoyishlari 27 iyun kuni boshlangan. Bunga Nanter shahrida yashovchi 17 yoshli Nahelning shaxsini tekshirish vaqtida polisiya tomonidan o‘ldirilgani sabab bo‘lgan. Kecha tunda 1,3 ming kishi hibsga olingan. 1300 dan ortiq avtomobil yondirilgan, yana 234 ta bino yondirilgan yoki vandal qilingan. To‘polonlarda ko‘plab yoshlar qatnashmoqda. Ichki ishlar vazirligi hibsga olinganlarning o‘rtacha yoshini 17 yosh deb hisoblagan, biroq ular orasida 13 yoshlilar ham bor.

Kiritildi: 16:24 02.07.2023. O'qildi: 1261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!