Amerikalik moliyachi Jeffrey Epshteyn Fransiyaning Sen-Trope kurortini jinsiy ekspluatasiya uchun asosiy yollash joylaridan biri sifatida ishlatgan.
Le Monde gazetasi bu haqda sud hujjatlari va guvohlarning ko‘rsatmalariga tayanib xabar bergan.
Gazeta xabariga ko‘ra, Epshteyn deyarli har yili Sen-Tropega tashrif buyurgan va uni Parijdan keyin Fransiyadagi "ikkinchi sevimli joyi" deb atagan. Gazetaning ta’kidlashicha, ikkala shahar ham u va uning sheriklari tomonidan jinsiy jinoyatlar sodir etish uchun ishlatilgan.
Epshteynning Fransiyadagi asosiy yollovchilaridan biri model agenti Jan-Lyuk Bryunel bo‘lgan. U o‘zining professional faoliyatidan Epshteynga yosh ayollar bilan tanishish imkonini berish uchun foydalangan.
Epshteyn 2019 yil 6 iyulda Nyu-York shtati huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan hibsga olingan. Prokurorlarning so‘zlariga ko‘ra, 2002 va 2005 yillar oralig‘ida u o‘nlab voyaga yetmagan qizlar uchun Manxettendagi uyiga tashrif buyurishni tashkil qilgan, ularning eng kichigi 14 yoshda edi.
Epshteyn ko‘plab amaldagi va sobiq hukumat amaldorlari, jumladan, sobiq davlat rahbarlari, taniqli biznes rahbarlari va ko‘ngilochar sanoat arboblari bilan munosabatlarni saqlab qolgan. AQShda moliyachiga qarshi jinoiy ayblovlar uning 2019 yil avgust oyida qamoqda vafot etganidan keyin bekor qilindi.