Bugun 19 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Fransiyadagi namoyishlar ortidan ichki ishlar vaziri iste’foga chiqmoqchi bo‘ldi

Fransiyadagi namoyishlar ortidan ichki ishlar vaziri iste’foga chiqmoqchi bo‘ldi

Fransiyada ommaviy namoyishlar va tartibsizliklar fonida ichki ishlar vaziri Loran Nunyes lavozimini tark etishga qaror qildi. Biroq mamlakat prezidenti Emmanuel Makron uning iste’fo haqidagi arizasini qabul qilmadi.

BFMTV telekanali Yelisey saroyi matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, Nunyes davlat rahbariga iste’foga chiqish taklifini bildirgan.

"Ichki ishlar vaziri Loran Nunyes Emmanuel Makronga iste’fo arizasini taqdim etdi, ammo prezident uni rad qildi", — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, Makron vazirga jamoat tartibini ta’minlash bo‘yicha yangi choralarni qisqa muddatda amaliyotga joriy etish vazifasini yukladi.

Xususan, ichki xavfsizlik kuchlarining tartibsizliklarda ishtirok etayotgan shaxslarga qarshi harakatlarini takomillashtirish talab qilingan.

Kiritildi: Bugun 11:02. O'qildi: 54 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!