Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Fransiyadagi masjidga islomofob hujum uyushtirildi

Fransiyadagi masjidga islomofob hujum uyushtirildi

Fransiyaning sharqida joylashgan Bas-Reyn departamentida noma’lum shaxslar masjidning fasadiga musulmonlarga qarshi haqoratomuz graffiti chizishdi. Masjid Islom Milli Görüş Jamiyati (IGMG) ga tegishli ekani ma’lum qilindi.

IGMG tarqatgan bayonotga ko‘ra, hodisa shu hafta sodir bo‘lgan. Jamiyat aybdorlar tez orada aniqlanishiga umid bildirdi.

Fransiya musulmonlari diniy kengashi (CFCM) hujumni keskin qoralab, masjid jamoasi bilan hamdardlik bildirdi. Bayonotda shunday deyilgan:

“Bu qo‘rqoq va nomaqbul harakat nafaqat musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan ibodatgohga, balki respublika qadriyatlari — jumladan, e’tiqod erkinligiga ham jiddiy hujumdir.”

DNK axborot agentligi xabar berishicha, haqoratomuz yozuvlar bir kun oldin aniqlangan. Hodisa joyiga shahar meri Mariel Xelbur yetib kelgan. Rasmiylar hujumga aloqador shaxslarni aniqlash uchun tergov ishlarini boshlagan.

Kiritildi: 22:44 16.10.2025. O'qildi: 501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!