Fransiyada Parijdagi Xolokost yodgorligini tahqirlashda gumon qilingan uch nafar Serbiya fuqarosi hibsga olindi.
Bu haqda tergovga yaqin manbaga tayanib, BFMTV telekanali xabar berdi.
"2 iyun, dushanba kuni Parijdagi yahudiylar jamoasi tez-tez tashrif buyuradigan beshta joyga yashil bo‘yoq quyishda gumon qilingan serb millatiga mansub uch erkak Antib yaqinida qo‘lga olindi", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, voqea 30 maydan 31 mayga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Jinoyatchilar Parijning tarixiy kvartalidagi Xolokost yodgorligi, uchta sinagoga va kosher restoraniga yashil bo‘yoq quygan.