Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Fransiyada o‘rmon yong‘inlari tufayli uch mingga yaqin odam evakuasiya qilindi

Fransiyada o‘rmon yong‘inlari tufayli uch mingga yaqin odam evakuasiya qilindi

Yong‘inlardan biri Oksitaniya mintaqasidagi Sent-Mari-la-Mer kommunasi hududida boshlandi. U yerdan evakuasiya qilingan odamlarning deyarli yarmi kempinglarda yashayotgan edi, olov o‘nlab avtofurgon va bungalolarni vayron qildi.

Bundan ham kuchliroq yana bir yong‘in Oksitaniya mintaqasida joylashgan kichik Puzol-Minervua kommunasi yaqinida yuz berdi. U yerda qariyb 9 kv km maydondagi o‘simlik dunyosi yonib ketdi.

Shuningdek, Marsel shahridan shimolda, Ronyak va Lanson-Provans kommunalari yaqinida ham yong‘inlar yuzaga keldi. Ular sababli, xususan, Marsel, Bordo va Avinyon o‘rtasidagi ayrim poyezdlar qatnovi bekor qilindi.

Fransiya bosh vaziri Sebastyan Lekornyuning so‘zlariga ko‘ra, faqatgina 1 iyul kunining o‘zida butun Fransiya bo‘ylab 12 kv km yer yonib kul bo‘lgan. Mamlakatda o‘rmon yong‘inlari kutilma qilingan muddatdan ikki-uch hafta erta boshlandi, deb qayd etdi u.

Bunga haftalab davom etgan issiq va qurg‘oqchil ob-havo sabab bo‘lgan. Fransiyada iyun oyidagi jazirama 11 kun davom etdi. O‘shanda ko‘plab mintaqalarda havo harorati 40°C dan yuqori ko‘tarilgan edi.

Kiritildi: 14:22 03.07.2026. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!