Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Fransiyada qasddan yong‘in chiqarishda gumonlanib 32 kishi qo‘lga olindi

Fransiyada qasddan yong‘in chiqarishda gumonlanib 32 kishi qo‘lga olindi



Fransiyaning 22 ta departamentida qasddan yong‘in chiqarishda gumon qilingan 32 nafar shaxs hibsga olingan. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi bunday harakatlar halokatli oqibatlarga olib kelishini va o‘t o‘chiruvchilar hamda aholi hayotini xavf ostiga qo‘yishini bildirgan.

Prezident Emmanuel Makron esa fuqarolarni yong‘inlarning oldini olishda mas’uliyatli bo‘lishga chaqirgan.

Fransiyaning bir qator hududlarida bir necha kundan beri jazirama issiq ob-havo sababli yirik o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda.

Kiritildi: 19:59 11.07.2026. O'qildi: 1245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!