Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Fransiyada migrasiya oqimini uch yilga to‘xtatish taklif qilindi

Fransiyada migrasiya oqimini uch yilga to‘xtatish taklif qilindi

Mamlakat Adliya vaziri Jerald Darmanen mamlakatga migrasiyani uch yilga taqiqlashni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya chet elliklarni integrasiya va assimilyasiya qilish bo‘yicha "imkoniyatlarining chegarasiga" yetib kelgan, shu sababli immigrasiya oqimini keskin kamaytirish talab etiladi.

Vazir, shuningdek, ish faoliyati bo‘yicha yashash ruxsatnomasini olganlarning qarindoshlariga oilani birlashtirish dasturi asosida ruxsatnoma berishni to‘xtatishni va Fransiya konstitusiyasini isloh qilishni taklif etdi. Konstitusiyaviy islohot hukumatga immigrasiya bo‘yicha cheklovchi kvotalarni joriy etish, ariza beruvchilarning soni, kelib chiqishi va malakasini nazorat qilish vakolatini berishi kutilmoqda.

"Keling, immigrasiyani to‘xtataylik, mamlakat hududidan chiqib ketishi kerak bo‘lganlarni chiqarib yuboraylik, viza berishni Fransiya hududini tark etish bo‘yicha ko‘rsatmalarni qabul qilish shartiga bog‘liq qilaylik va allaqachon milliy hududda bo‘lganlarni assimilyasiya qilish bilan shug‘ullanaylik", — deydi Darmanen.

Fransiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda hukumat so‘nggi yillardagi rekord darajada mamlakatda 4,5 millionta yashash ruxsatnomasini bergan.

Kiritildi: Bugun 12:11. O'qildi: 201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!