Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Fransiyada meduzalar tufayli AES to‘xtatildi — Reuters

 Fransiyada meduzalar tufayli AES to‘xtatildi — Reuters

Agentlikning xabar berishicha, Fransiya shimolidagi Gravlin atom elektr stansiyasi faoliyati sovitish tizimlarida meduzalar to‘planib qolgani sababli to‘xtab qolgan.

"Nasos stansiyalarining filtrlovchi barabanlari ko‘p miqdorda meduzalar bilan to‘lgani sababli uchta reaktor avtomatik ravishda to‘xtab qolgan. Bir necha soatdan so‘ng yana bir reaktor o‘chirilgan. Filtrlovchi nasoslarga zarar yetmagan - ularni shunchaki tozalash kerak, shundan so‘ng stansiya o‘z ishini davom ettira oladi", deya yozmoqda Reuters.

AESni boshqaruvchi kompaniyaning ta’kidlashicha, hodisa ob’ekt, xodimlar va atrof-muhit uchun xavf tug‘dirmagan.

Taxminlarga ko‘ra, hodisaning asl sababi iqlim inqirozi bo‘lishi mumkin. Stansiyani sovitish uchun suv Shimoliy dengizdan keladi. Suv harorati ko‘tarilishi tufayli so‘nggi yillarda AES atrofidagi plyajlarda meduzalar soni ko‘payishi kuzatilmoqda.

Kiritildi: 12:44 12.08.2025. O'qildi: 939 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!