Bugun 30 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Fransiyada mahbus sumkada qochib ketdi. Uni ozodlikka chiqqan kameradoshi olib chiqqan

Fransiyada mahbus sumkada qochib ketdi. Uni ozodlikka chiqqan kameradoshi olib chiqqan

Fransiyaning Lion shahrida qamoqxonadan g‘ayrioddiy qochish holati sodir bo‘ldi: mahbus o‘z kameradoshining yo‘l sumkasiga yashirinib, ozodlikka chiqishi kerak bo‘lgan mahkum tomonidan qamoqxonadan olib chiqildi. Bu voqea 11 iyul kuni ro‘y berdi — erkinlikka chiqqan mahbus sumkadagi do‘stini shunchaki olib chiqib ketdi va hech kim buni payqamadi. Qochqin mahbusning yetishmayotgani faqat bir kundan so‘ng ma’lum bo‘ldi.

Le Progrès nashrining Lion prokuraturasiga tayanib xabar berishicha, qochqin 20 yoshlar atrofida bo‘lib, avval ham bir necha bor sudlangan. U ikki nafar odamni o‘ldirish va uyushgan jinoiy guruhda ishtirok etishda gumon qilinayotgan edi.

Qamoqxonada ichki xizmat tekshiruvi boshlangan. Sumkada uni olib chiqqan mahbus esa endi qochishga yordam berganlik (posobnichestvo) moddasi bo‘yicha qayta qamoqqa tushishi mumkin.

📍 Qochish Lion-Korbas qamoqxonasida sodir bo‘ldi. Bu muassasa ancha vaqtdan beri muammoli qamoqxona sifatida tan olingan. BFMTV ma’lumotiga ko‘ra, u 678 mahbus uchun mo‘ljallangan, ammo 1 may holatiga ko‘ra u yerda 1218 kishi saqlanayotgan bo‘lgan — bu normadan deyarli ikki barobar ko‘p.

🔻 Qochishdan keyingi kuni noma’lum shaxs qamoqxona darvozasiga benzin sepib, «Molotov kokteyli» otgan va bir xodimga tahdid qiluvchi plakat qoldirgan.

Kiritildi: 14:30 14.07.2025. O'qildi: 782 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!