Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Fransiyada ikkita harbiy samolyot to‘qnashib ketdi

Fransiyada ikkita harbiy samolyot to‘qnashib ketdi

Fransiya sharqidagi Sen-Dize aviabazasi hududida Patrouille de France guruhi tarkibiga kiruvchi ikkita Alpha Jet samolyoti bir-biri bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar beradi mamlakat Harbiy-kosmik kuchlari.

Fransiya qurolli kuchlar vaziri Sebasten Lekornyuning ma’lum qilishicha, samolyotlar mashg‘ulot vaqtida to‘qnashgan. Har ikki samolyotning uchuvchilari va havo kemalarining birida bo‘lgan yo‘lovchi katapultadan foydalanishga ulgurgan — ular yengil jarohat olgan.

Guvohlar samolyotlar to‘qnashuvini videoga olishga ulgurib qolgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotlardan biri o‘rmonga, ikkinchisi mahalliy sement zavodi hududiga qulab tushgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, korxona hududida yong‘in chiqqan va u tezda o‘chirilgan.

Kiritildi: 09:41 26.03.2025. O'qildi: 1204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!