Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Fransiyada ikkita harbiy samolyot to‘qnashdi

Fransiyada ikkita harbiy samolyot to‘qnashdi

Sen-Dizye shahri osmonida Patrouille de France pilotaj guruhiga tegishli ikki samolyot to‘qnashdi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, hodisa mashg‘ulot parvozi vaqtida sodir bo‘lgan. Har ikki uchuvchi o‘z vaqtida katapulta qilishga ulgurgan.

To‘qnashuvdan so‘ng, samolyotlardan biri korxona hududiga qulagan va kuchli yong‘in kelib chiqqan. Hozirda favqulodda xizmatlar voqea joyida ish olib bormoqda.

Kiritildi: 23:37 25.03.2025. O'qildi: 702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!