Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Fransiyada ikki kun davom etgan kuchli issiq havo oqibatida 18 kishi vafot etdi

Fransiyada ikki kun davom etgan kuchli issiq havo oqibatida 18 kishi vafot etdi

Reuters agentligi ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlar orasida mashina ichida qolib ketgan ikki va to‘rt yoshli ikki nafar bola ham bor.

Yana uch kishi — 80 yoshdan 95 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar issiq urishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Qolgan 13 kishi esa cho‘milish uchun xavfli joylarga kirib, cho‘kib ketgan.

Shu bilan birga, Yevropaning bir nechta shaharlarida 22 iyun kuni harorat bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatildi. Mutaxassislar bu holatni Shimoliy Afrika va Sahroyi Kabir tomonlaridan kelgan issiq havo oqimi bilan izohlamoqda.

Evropaning katta qismiga ta’sir ko‘rsatayotgan bu jazirama to‘lqin “Omega bloki” sifatida tanilgan. Bunga sabab, atmosferadagi havo oqimlari yunon alifbosidagi Ω (omega) harfiga o‘xshash shakl hosil qiladi: markazda issiq havo to‘planadi, uning ikki tomonida esa nisbatan salqin havo joylashadi. Shu tufayli issiq havo uzoq vaqt bir hudud ustida saqlanib qolib, kuchli issiq to‘lqinlarini yuzaga keltirmoqda.

Kiritildi: 16:01 23.06.2026. O'qildi: 1613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!