Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Fransiyada erkak masjiddan Qur’on o‘g‘irlab, uni eshik oldida yoqib yubordi

Fransiyada erkak masjiddan Qur’on o‘g‘irlab, uni eshik oldida yoqib yubordi

Fransiyaning Lion shahri yaqinida joylashgan Villerban shahridagi "Errama" masjidida noma’lum erkak Qur’onni o‘g‘irlab, binodan chiqishda uni yoqib yubordi. Bu haqda 3 iyun kuni Rona departamenti masjidlari kengashi saytida xabar berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 2 iyunga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.

«Taxminan soat 03:45 da, ya’ni bomdod namoziga 20 daqiqa qolganda, yuzi niqoblangan shaxs ibodatxonaga kirgan. U Qur’on nusxasini olgan, yoqqan va binoga kirish joyida qoldirib, qochib ketgan», — deyiladi kommyunikeda.

Hududiy masjidlar kengashi bu hodisani «nafrat asosida amalga oshirilgan hujumlardan biri» sifatida baholadi. Tashkilot Fransiyada musulmonlarga nisbatan salbiy munosabat kuchayib borayotganidan jiddiy xavotir bildirdi.

Kiritildi: 17:09 04.06.2025. O'qildi: 901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!