Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Fransiyada anomal jazirama sabab favqulodda reja ishga tushirildi

Fransiyada anomal jazirama sabab favqulodda reja ishga tushirildi



Fransiya hukumati mamlakatning g‘arbiy hududlarida kuzatilayotgan navbatdagi jazirama to‘lqini sabab ilk bor “Orsec ekstremal issiqlik” favqulodda rejasini ishga tushirdi, deya xabar bermoqda Euronews.

Qayd etilishicha, favqulodda reja “qizil” darajadagi issiqlik xavfi e’lon qilingan to‘qqizta departamentda joriy etilgan. Fransiya milliy meteorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatning yana 72 ta departamentida “to‘q sariq” darajadagi ogohlantirish amal qilmoqda.

Ertaga, 12 iyuldan boshlab esa “qizil” darajadagi ogohlantirish 24 ta departamentga, jumladan, Parij joylashgan Il-de-Frans mintaqasiga ham kengaytiriladi.

Mazkur reja odatda toshqin kabi yirik tabiiy ofatlar vaqtida qo‘llaniladigan favqulodda yordam mexanizmi hisoblanadi. Biroq bu safar u havo haroratining keskin ko‘tarilishi tufayli ishga tushirilgan.

Fransiya Fuqarolik xavfsizligi bosh direktori Jyulyen Marionning ma’lum qilishicha, yil boshidan buyon mamlakatda 8 mingdan ortiq yong‘in qayd etilgan. Oqibatda 25 ming gektardan ziyod hudud yonib ketgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb ikki barobar ko‘p.

Kiritildi: 19:36 11.07.2026. O'qildi: 893 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!