Bugun 13 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Fransiya va Slovakiya Alisher Usmonovni Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ro‘yxatidan chiqarishni so‘ramoqda

Fransiya va Slovakiya Alisher Usmonovni Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ro‘yxatidan chiqarishni so‘ramoqda


Fransiya Slovakiyaga qo‘shilib, kelib chiqishi o‘zbekistonlik, ammo Rossiya fuqarosi bo‘lgan milliarder Alisher Usmonovni Yevropa Ittifoqi sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni so‘ramoqda. Bu haqda muzokaralardan xabardor to‘rt manbaga tayanib, Euronews xabar berdi.

Slovakiya avvaldan Alisher Usmonov va milliarder Mixail Fridmanni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi munosabati bilan joriy etilgan Yevroittifoq sanksiyalaridan chiqarishni talab qilib kelayotgandi. Endi bu masalada Bratislavani Parij ham qo‘llab-quvvatlamoqda.

Nashr manbalariga ko‘ra, Fransiyaning qarori boshqa a’zo davlatlarda “kuchli norozilik” uyg‘otgan. Yevropa Ittifoqi diplomatlaridan biri Parijning bunday pozisiyasi ortida, asosan, iqtisodiy sabablar bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Fransiyaning YEIdagi doimiy vakolatxonasi Parij Rossiyaga nisbatan sanksiyalarning umumiy muddatini uzaytirishni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Usmonovni ro‘yxatdan chiqarish talabi esa Slovakiya bilan kelishuvga erishish uchun siyosiy murosa sifatida ilgari surilgan.

Usmonovni Yevropa sanksiyalaridan chiqarish masalasi avval ham bir necha bor ko‘tarilgan. Jumladan, 2025 yil fevralda Vengriya Usmonov va uning singlisini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarish taklifini ilgari surgandi. Budapesht sakkiz nafar rossiyalik ro‘yxatdan chiqarilmasa, sanksiyalarni uzaytirishga rozilik bermasligini bildirgan edi.

Ma’lumot uchun, Alisher Usmonov 2022 yil fevralda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan keyin EI sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Kiritildi: 20:35 12.09.2026. O'qildi: 574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!