Ispaniya ichki ishlar vazirligi xabar berishicha, Madrid atrofidagi hududlarda 70 mingdan ortiq kishi o‘z uylaridan vaqtincha ko‘chirilgan.
Fransiya hukumati esa mamlakat janubi-g‘arbidagi Bordo shahri atrofida aholi evakuasiyasi haqida ma’lum qilgan. Bundan tashqari, Fransiyaning turli hududlarida jami 200 mingga yaqin kishi evakuasiya qilingan. Bu Fransiyada Ikkinchi jahon urushidan beri mamlakatdagi eng yirik evakuasiya hisoblanadi.
Fransiya rasmiylari yong‘inlarga qarshi kurash uchun Yevropa ittifoqidan yordam so‘ragan. Yevroittifoq Portugaliya, Xorvatiya, Chexiya, Shvesiya va Slovakiyadan samolyot va vertolyotlar yuborilishini va’da qilgan.
Ispaniyada esa o‘t o‘chiruvchilar Madridning g‘arbida yuzaga kelgan ikkita o‘rmon yong‘inining bir-biriga qo‘shilib ketishining oldini olishga harakat qilmoqda.