Fridrix Mers va Emmanuel Makron Yevropa davlatlari uchun mo‘ljallangan oltinchi avlod qiruvchi samolyotni birgalikda ishlab chiqish loyihasi bo‘yicha shartnomani imzolay olmaslik haqida kelishib olgani xabar qilindi.
Reuters va AFP manbalariga ko‘ra, natijada Future Combat Air System (FCAS) deb nomlangan loyiha to‘xtatilishi mumkin.
FCAS dasturi Fransiya, Germaniya va Ispaniya ishtirokida 2040 yilga qadar yangi avlod qiruvchi samolyot yaratishni maqsad qilgan edi. Loyiha doirasida asosiy ishlarni Dassault Aviation va Airbus amalga oshirayotgan edi.
Biroq 2025 yildan beri kompaniyalar o‘rtasida texnik va sanoat hamkorligi bo‘yicha kelishmovchiliklar kuchaygani haqida bir necha bor xabar berilgan. Dassault rahbariyati Airbus bilan hamkorlik buzilsa, butun loyiha amal qilmasligi mumkinligini ham ta’kidlagan.
Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar to‘liq to‘xtatish o‘rniga boshqa yo‘nalishga o‘tishni ham ko‘rib chiqmoqda — ya’ni qiruvchi samolyotlarni sensorlar, radarlar, dronlar va boshqa boshqaruv tizimlari bilan bog‘laydigan «bulutli» jang maydoni infratuzilmasini rivojlantirish.
Agar qaror rasman tasdiqlansa, bu Yevropa mudofaa sanoatidagi eng yirik qo‘shma aviasiya loyihalaridan birining to‘xtashi bo‘ladi.