Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Fransiya va Britaniya ko‘magida Rossiya tankeri qo‘lga olindi

Fransiya va Britaniya ko‘magida Rossiya tankeri qo‘lga olindi

Fransiya harbiy-dengiz kuchlari Britaniya ko‘magida Atlantika okeanida sanksiyalar ostidagi Rossiyaning «Tagor» neft tankerini qo‘lga oldi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qilishicha, kema Rossiyaning «soya floti» tarkibiga kiradi va xalqaro sanksiyalarni chetlab o‘tishda gumon qilinmoqda.

Tanker Fransiyaning Bretan yarimoroli g‘arbida, taxminan 700 kilometr masofada ushlangan. Fransuz rasmiylariga ko‘ra, u soxta bayroq ostida harakatlangan.

Bu Fransiya tomonidan o‘tgan yil sentyabridan beri Rossiyaning «soya floti»ga mansub kemaga nisbatan amalga oshirilgan to‘rtinchi shunday operasiya hisoblanadi.

Makronning ta’kidlashicha, operasiya Britaniya bilan hamkorlikda va xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq o‘tkazilgan.

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, operasiyani HMS Somerset bortidan havoga ko‘tarilgan harbiy vertolyot qo‘llab-quvvatlagan.

«Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi moliyalashtirilishiga xizmat qilayotgan “soya floti” kemalariga qarshi ittifoqchilarimiz bilan harakatlarni kuchaytirmoqdamiz», — deyildi Britaniya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa mazkur harakatlarni «noqonuniy» deb baholab, ularni «xalqaro qaroqchilik» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva operasiya xalqaro huquqqa to‘liq muvofiq amalga oshirilgani haqidagi da’volarga qo‘shilmaydi.

Kiritildi: Bugun 20:56. O'qildi: 185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!