Prezident Vladimir Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Ukraina davlat rahbari Fransiyaga Makron ma’muriyati darajasida ham, fransuz jamiyati darajasida ham doimiy qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.
Ikki davlat rahbarlari jang maydonidagi mavjud vaziyat va Ukrainaning mudofaa ehtiyojlari, jumladan, uchuvchisiz samolyotlar, artilleriya tizimlari va snaryadlar, elektron urush tizimlari, portativ va uzoq masofaga mo‘ljallangan turli turdagi havo hujumidan mudofaa tizimlarini muhokama qildilar.
Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Fransiya va AQSh tomonidan «artilleriya koalisiyasi» ishga tushirilganini yuqori baholadi, uning doirasida Parij Ukrainaga o‘nlab Caesar artilleriya tizimlari va snaryadlarini beradi.
Caesar yangi avlod o‘ziyurar artilleriya qismi bo‘lib, u frontdan 20 km va undan ortiq masofada dushmanga yuqori aniqlikda zarba berish imkoniga ega.