Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Fransiya Ukrainaga berilgan Yevropaĭ Ittifoqi kreditiga britan raketalarini sotib olishga qarshi chiqmoqda

Fransiya Ukrainaga berilgan Yevropaĭ Ittifoqi kreditiga britan raketalarini sotib olishga qarshi chiqmoqda

Fransiya Ukrainaga Yevropaĭ Ittifoqi tomonidan ajratilgan kredit mablag‘larini Buyuk Britaniya ishlab chiqargan Storm Shadow qanotli raketalarini sotib olish uchun ishlatishga ruxsat berishga qarshi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining 11 ta davlati Ukrainaga YEI kreditidan ittifoq hududidan tashqarida ishlab chiqarilgan qurol-yarog‘ni xarid qilish imkonini berish uchun qoidalarni yumshatishni taklif qilgan. Hujjatlarga asosan, Ukraina Mudofaa vazirligi Kiyevga YEIdan tashqari manbalardan jami 24 milliard yevroga teng harbiy texnika zarurligini hisoblab chiqqan. Xususan, AQShda ishlab chiqarilgan Patriot PVO tizimlari va PAC-3 raketalari haqida so‘z bormoqda.

Shuningdek, uzoq masofali raketalar ham YEI qoplay olmasligi mumkin bo‘lgan ehtiyoj sifatida ko‘rsatilgan. Shu bois, ehtimoliy muqobil sifatida Storm Shadow raketalarini xarid qilish taklif etilgan va bu bo‘yicha maxsus sxema ishlab chiqilgan.

Biroq diplomatik manbaga ko‘ra, Fransiya ushbu takliflarga rozi emas. Parij Yevropaĭ Ittifoqini, avvalo AQShdan, strategik jihatdan mustaqil qilish tarafdori. Fransiya pozisiyasiga binoan, Ukrainaga ajratilayotgan mablag‘lar YEIning ichki mudofaa sanoatini rivojlantirishga yo‘naltirilishi kerak.

Kiritildi: Bugun 09:31. O'qildi: 302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!