Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron Parijda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.
"Yangi yetkazib beriladigan harbiy yordam tarkibiga tankka qarshi raketalar, “er-havo” tasnifidagi raketalar hamda dronlar kiradi", — deya aniqlik kiritdi Makron.
Shu bilan birga, Fransiya yetakchisi Moskva Kiyev tomonidan taklif qilingan 30 kunlik otashkesimni hech qanday shartlarsiz qabul qilishi kerakligini ta’kidladi.
"Bu taklifni rad etish Rossiyaning urushni davom ettirish niyatini ko‘rsatadi. Rossiya Ukrainaga barqaror tinchlik uchun o‘z shartlarini qo‘ymasligi kerak", — deya ta’kidladi Fransiya rahbari.
Shuningdek, Makron bugun Fransiya va Buyuk Britaniya tomonidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilayotgan “istak bildirganlar koalisiyasi” doirasida hamkorlari bilan Ukraina urushi mavzusini muhokama qilishini qo‘shimcha qildi.