Fransiya terma jamoasi futbolchilariga Didye Desham yoqmay qoldi.
Desham 12 yildan beri milliy jamoaga ustozlik qilib kelmoqda. Fransiyaliklar u bilan JCH-2018da oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Biroq hozir futbolchilar uning qo‘l ostida ishlashdan charchashgan. Futbolchilar orasida terma jamoani Zinedin Zidan boshqarishini xohlayotganlar bor.
Fransiya fubol federasiyasi "Real" sobiq ustozini Desham o‘rniga ideal nomzod sifatida ko‘rmoqda, ammo ushbu tayinlov keyingi katta turnirgacha amalga oshishi qiyindek ko‘rinyapti.