Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning G7'ga qaytishini "tasavvurga sig‘maydigan" deya baholamoqda

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning G7'ga qaytishini "tasavvurga sig‘maydigan" deya baholamoqda

"G7 nima? Bu eng rivojlangan demokratiya ittifoqidir. Biroq Rossiya demokratik tamoyillardan tobora uzoqlashib bormoqda. Shuningdek, boshqa G7 davlatlariga, jumladan Fransiyaga nisbatan ochiqchasiga va beadablarcha tajovuzkor siyosat olib bormoqda", — deya ta’kidladi Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro.

Barro o‘z navbatida, RF faqat bir shart bilan — Ukrainada "adolatli va uzoq muddatli tinchlik" o‘rnatilgan taqdirdagina “Katta yettilik”ga qaytishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Bundan oldin Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ham xuddi shunday fikr bildirgan edi. U Putin Rossiyasi bilan "normal hamkorlik" imkoniyatini butunlay inkor etgandi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning G7'dan chiqarilishini xato deya baholagan va mamlakatni ushbu tashkilotga qaytarish tarafdori ekanini bildirgan edi. Uning fikricha, Vladimir Putin ham RFni qayta qabul qilinishini xohlaydi. Kreml esa bu tashkilot o‘rniga boshqasini ya’ni G20'ni afzal ko‘rishini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 09:08 18.02.2025. O'qildi: 1443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!