Minsk kelishuvlari Kiyevga harbiylarni tayyorlashga vaqt berish uchun zarur bo‘lgan: Fransiya sobiq prezidenti Olland Germaniya sobiq kansleri Angela Merkelning so‘zlarini tasdiqladi.
“Angela Merkel haq... 2014 yildan beri Ukraina harbiy salohiyatini kuchaytirdi. Darhaqiqat, Ukraina armiyasi 2014 yildagidan butunlay boshqacha edi. Yaxshiroq o‘qitilgan va jihozlangan bo‘ldi. Kiyevning bunday imkoniyatga ega bo‘lgani Minsk kelishuvlari samarasidir”, — dedi u Kyiv Independent nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq Putin Germaniya sobiq kanslerining bayonotidan hafsalasi pir bo‘lgani va buni eshitishni kutmaganini tan olgandi.